Eron milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Meksikaga yetib keldi.
Jamoa mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni ertalab Tixuana shahriga qo'ndi. Turnir davomida forslar aynan shu yerda mashg'ulotlar o'tkazishadi — baza AQShning Arizona shtatidan Tixuanaga ko'chirilgan. Sababi Qo'shma Shtatlarga kirish bilan bog'liq muammolar bo'lgan.
Eronning guruh bosqichidagi uchta o'yini AQSh hududida o'tadi, ammo futbolchilar va zarur xodimlarga shtatlarga faqat o'yin kuni uchib kelish va bahsdan so'ng darhol chiqib ketishga ruxsat berilgan.
Ma'lumot o'rnida, Eron guruhda Belgiya, Mirs va Yangi Zelandiya bilan o'ynaydi.
Eron milliy jamoasi Meksikaga yetib bordi
Futbol
7 iyun, 13:55
Jamoa Tixuanada mashg'ulotlar o'tkazib, faqat o'yin kunlari AQShga borib qaytadi.
Foto: Getty Images