Bugun
12
O'zbek

«Inter» sport direktori Dumfrisning «Real»ga o‘tishini tasdiqladi

Futbol
7 iyun, 11:14
Italiya klubi rasmiysi o‘ng qanot vakili faoliyatini Madridda davom ettirishini tasdiqladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Inter» sport direktori Dumfrisning «Real»ga o‘tishini tasdiqladi
Foto: Gettyimages

«Inter» klubi sport direktori Pero Ausilio jamoaning o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfris Madridning «Real» klubiga o‘tganini tasdiqladi.

«Dumfris «Real»ga o‘tdi. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. U oxirgi yillar davomida «Inter» uchun nimalar qilganini bilaman. «Neradzurri» uning yuragida, kim biladi, balki qachondir yo‘llarimiz yana kesishar», — deya Ausilio so‘zlaridan iqtibos keltirdi Nikolo Skira.

Avvalroq, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres niderlandiyalik himoyachi transferi borasida ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Dumfris «Inter»ga 2021-yil yozida ko‘chib o‘tgan. O‘tgan davr mobaynida futbolchi 207 ta o‘yinda maydonga tushdi, 27 ta gol urib, 28 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar