Live
3
O'zbek

Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Uesli JCHni o'tkazib yuboradigan bo'ldi

Futbol
7 iyun, 14:40
Jarohatlangan «Roma» himoyachisi o'rniga «MYu»ga o'tayotgan yarimhimoyachi chaqirildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Uesli JCHni o'tkazib yuboradigan bo'ldi
Foto: Getty Images

«Roma» himoyachisi Uesli Fransa jarohati sababli Braziliya milliy jamoasi yig'inini tark etdi.

22 yoshli futbolchi Misrga (2:1) qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik bahsida jarohat oldi — u chap son qismidagi og'riq tufayli 17-daqiqada almashtirildi va zaxira o'rindig'ida yig'lab yubordi.

Globo Esporte xabariga ko'ra, Ueslining chap son mushaklarida jarohat aniqlangan. Shu sababli himoyachi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti uning o'rniga «Atalanta» yarimhimoyachisi, yozda «Manchester Yunayted»ga o'tishi kutilayotgan Edersonni chaqirdi.

Ederson
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar