Live
1
O'zbek

«Man Siti»ni sotish shayxning rejasida yo'q» — klub boshqaruvi raisi

Futbol
7 iyun, 15:20
Haldun al Muborakning aytishicha, loyihani rivojlantirish davom etadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Man Siti»ni sotish shayxning rejasida yo'q» — klub boshqaruvi raisi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» boshqaruvi raisi Haldun al Muborak shayx Mansur bin Zayd an Nahiyon klubni sotish niyatida emasligini ma'lum qildi.

«Sotish rejamiz yo'q. Biz bu biznesni rivojlantirishda davom etamiz, chunki uning faqat o'sishini ko'ryapmiz va bu — juda yaxshi biznes.

Bu futbol, ko'ngilochar sohadir. Hozirgi tez o'zgarib borayotgan dunyoda odamlarning e'tibori boshqa narsalarga ko'chmoqda, lekin sport baribir qolmoqda.

Futbol — sportning eng yuqori darajasi. «Manchester Siti» va City Football Group — futbol dunyosida eng yuqori daraja. Bunday durdonalar sotilmaydi»,
— deya Xaldun al Muborakning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar