"Sassuolo" klubi bosh murabbiy sifatida Alberto Aquilani bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar hamkorlik shartlarini allaqachon to'liq kelishib olishgan. 41 yoshli mutaxassis yangi jamoasi bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzolaydi.
Avvalroq jamoa Fabio Grosso bilan xayrlashgandi. "Roma"ning sobiq futbolchisi bo'lgan Aquilani bunga qadar "Catanzaro"ni boshqargandi.
Bu jamoa bilan A Seriyaga chiqishga juda yaqin kelgan edi, biroq pley-off finalida yo'llanmani qo'lga kirita olmagan edi.