Bugun
12
O'zbek

Rodri: "Oltin to'pni yutishni orzu qilmaganman. Hayot bazan syurprizlar taqdim etadi"

Futbol
7 iyun, 16:15
"Manchester Siti" yarimhimoyachisi 2024 yilda yilning eng yaxshi futbolchisiga aylangandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Rodri: "Oltin to'pni yutishni orzu qilmaganman. Hayot bazan syurprizlar taqdim etadi"
Foto: Getty Images

Rodri "Manchester Siti" safida o'ynab, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik yarimhimoyachi 2024 yilda France Football talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

"Men buni orzu deb aytmagan bo'lardim. Rostini aytsam, bu mukofotni yutishim mumkinligiga ishonmasdim. Hayot ba'zan kutilmagan sovg'alar taqdim etadi.

Aslida, men bu mukofotga kerakligidan ortiq ahamiyat bermayman, garchi u juda muhim bo'lsa ham. Meni yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishdi. Bu esa qilingan katta mehnatning natijasi.

Menga ovoz bergan insonlardan va bildirgan e'tirof uchun minnatdorman. Bu men va oilam uchun juda o'ziga xos voqea bo'ldi"
, — deya Rodrining so'zlarini keltiradi AS nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Ispaniya Ispaniya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar