"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger klubning oxirgi ikki mavsum davomida yirik sovrinlarni qo'lga kirita olmagani borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Ketma-ket ikki mavsum davomida hech qanday sovrin yuta olmaslik holatlari ham uchrab turadi. Albatta, buning ortidan juda ko'p shov-shuvlar va gap-so'zlar ko'payadi. Bu futbol, bunday voqealar bo'lib turadi.
Har qanday vaziyatda inson o'ziga nisbatan halol bo'lishi, bo'lgan holatlardan to'g'ri xulosa chiqarishi va oldinga qarab intilishi kerak.
Bizdan nima qilishimizni kutyapsiz? O'tgan mavsumlar uchun o'tirib yig'lashimiz kerakmi? Yo'q, albatta. To'g'ri xulosa chiqarib, faqat oldinga intilishimiz kerak. Chunki boy berilgan narsalarni endi baribir ortga qaytarib bo'lmaydi", — deya Ryudigerning so'zlaridan keltiradi AS nashri.