Estoniyada o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Yevropa chempionati yakuniga yetdi.
Finalda Italiya Belgiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, ushbu yosh toifasida 2-bor qit'aning tengsiz jamoasiga aylandi.
E'tiborli, «moviy gvardiya» yoshlari yarimfinalda Ispaniyadan ham «lotereya»da ustun kelgandi. Belgiya esa Fransiyani ortda qoldirib, hal qiluvchi bahsga yetib kelgandi.
Yevro U-17. Final
Belgiya — Italiya 1:1
Penaltidan seriya — 3:4.
7 iyun. Tallin
Gollar: Kobiyella (85) — Fugazzola (90+1, penalti).
Italiya — Yevro U-17 g'olibi
Futbol
7 iyun, 17:30
«Moviy gvardiya» yarimfinal va finalda penaltidan g'alaba qozondi.
Foto: Getty Images