Bugun
12
O'zbek

Gasperini: "Inter" istaganini qilsin. Mancini ketmaydi

Futbol
7 iyun, 15:40
"Roma" ustozi jamoa himoyachisining mamlakat chempioni safiga o'tishi mumkinligiga munosabati.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Gasperini: "Inter" istaganini qilsin. Mancini ketmaydi
Foto: Getty Images

"Roma" bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini himoyachi Janluka Manchinining jamoada qolishini ma'lum qildi.

Avvalroq 30 yoshli italiyalikning shartnomasi borasidagi noaniqliklar fonida "Inter" tomonidan himoyachiga qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.

"Inter" xohlaganini qilishi mumkin. Manchini ketmaydi. Men buni unga ham aytdim", – dedi Gasperini Sky Sport bilan interv'yuda.

Manchini 2019/2020 mavsumdan boshlab "Roma"da o'ynab kelmoqda. U faoliyati davomida "Atalanta" va "Perudja" klublarida ham harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar