Robin van Persi "Feyenoord" bosh murabbiyligini tark etdi.
Rotterdam klubi 42 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqarganini e'lon qildi.
Van Persi "Feyenoord"ni 2025 yil fevraldan beri boshqarayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa yakunlangan mavsumda PSVdan 19 ochkoga ortda qolib, Niderlandiya chempionatida 2-o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, van Persi futbolchilik faoliyatida ham "Feyenoord"da to'p tepgan. Shuningdek, sobiq hujumchi "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Fenerbahche" kabi klublarda ham o'ynagan.
"Feyenoord" van Persini iste'foga chiqardi
Futbol
7 iyun, 16:55
42 yoshli mutaxassis qadrdon klubini bir yildan ko'proq vaqt boshqardi.
Foto: Getty Images