Bugun
12
O'zbek

Yamal nega qo'lida bog'lam bilan o'ynashini tushuntirdi

Futbol
7 iyun, 15:55
18 yoshli vinger Benzema kabi qo'lini bog'lab olgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Yamal nega qo'lida bog'lam bilan o'ynashini tushuntirdi
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamal o'yinlar vaqtida qo'lini nima uchun bog'lab yurishini tushuntirdi.

«Nima uchun qo'lim bog'langan holda o'ynayman? PlayStation o'ynayotgan edim va televizorga urdim, o'shanda barmoqlarim qattiq shishib ketdi.

Keyin esa bog'lam menga yarashishini payqadim — xuddi Karim Benzemanki kabi. Biz bu haqda hazillashardik — KB9, KB9! Shundan keyin uni qoldirishga qaror qildim, menimcha, u menda yomon ko'rinmayapti»
, — deydi 18 yoshli futbolchi Youtube'dagi kanalida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar