Live
3
O'zbek

Eriksen yana maydonda hushidan ketdi

Futbol
7 iyun, 14:15
Daniyalik yarimhimoyachi Ukrainaga qarshi o'yinda hushini yo'qotdi. U bilan Yevro-2020da ham shu holat bo'lgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Eriksen yana maydonda hushidan ketdi
Foto: Getty Images

Daniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Eriksen Ukrainaga qarshi o'rtoqlik bellashuvi vaqtida hushidan ketdi.

«Volfsburg» futbolchisi ikkinchi bo'limda maydonga yiqildi va uchrashuv to'xtatildi. Unga uzoq vaqt davomida maydonning o'zida to'g'ridan to'g'ri tibbiy yordam ko'rsatildi. Ikki jamoa futbolchilari ham o'yinchi atrofida halqa hosil qilib turishdi.

Eriksen hushidan ketdi
Foto: O`yin translyatsiyasidan

Eriksen keyinchalik oyoqqa tura oldi va tomoshabinlar qarsaklari ostida rafiqasi hamrohligida maydonni tark etdi.

2:1 hisobida daniyaliklar ustun kelayotgan bahs bekor qilindi.

Eslatib o'tamiz, Eriksen 2021 yilda Finlyandiyaga (0:1) qarshi Yevropa chempionati o'yinida yurak xurujini boshdan kechirgan edi. Keyinchalik uning yurak ritmini nazorat qilish maqsadida implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Daniya Daniya
  • Ukraina Ukraina
Bugungi yangiliklar