Fransiya milliy jamoasini o‘yin uslubi bo‘yicha o‘rnak qilib olish mumkinmi?
«Bu yerda, Fransiyada, meni ko‘pincha himoyaviy o‘yin uchun tanqid qilishardi, lekin mening maqsadim har doim futbolchilarimda mavjud kuchli tomonlardan foydalanib, raqibga muammolar yaratish edi. Va futbolchilarimga hamisha ko‘p erkinlik beraman. Shu bilan birga, muayyan muvozanatni saqlash kerak, shunday bo‘lsa-da, men hech qachon qanot himoyachilarining oldinga chiqishiga to‘sqinlik qilmaganman», – deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltirdi La Gazzetta dello Sport.
Eslatib o‘tamiz, Didiye Desham shogirdlari AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026da I guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi.