Live
3
O'zbek

«Man Siti» Savinio bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
3 oktabr, 15:45
Braziliyalik vinger «shaharliklar» safidagi faoliyatini davom ettiradi.
«Man Siti» Savinio bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Manchester City

Savinio «Manchester Siti»dagi faoliyatini davom ettiradi.

APL klubi braziliyalik 21 yoshli vinger bilan kelishuvni 2031 yilgacha uzaytirdi. Avvalgi bitim 2029 yilgacha mo'ljallangandi.

Savio 2024 yil yozidan beri «shaharliklar» safida to'p tepmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 54 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Vingerni Transfermarkt’dagi bahosi 50 million yevroni tashkil qiladi. «Siti» uni 2024 yil yozida «Trua»dan 25 million yevroga sotib olgan. O'tgan yozda esa klub futbolchini «Tottenhemga» 70 million yevroga ham sotmadi.

Bugungi yangiliklar