Londonning «Chelsi» klubi Enso Fernandesni sotib yuborgan taqdirda, «Real»dan Eduardo Kamavingani xarid qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Argentinalik xavbek yaqin soatlar ichida «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Bu transferga deyarli barcha tomonlar rozilik bildirib ulgurgan va «shaharliklar» rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Ta’kidlanishicha, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio 23 yoshli fransiyalikni tarkibning o‘ta muhim futbolchisi deb bilmaydi, shu sababli munosib taklif tushgan taqdirda u bilan xayrlashishga qarshilik qilmaydi.
Ma’lumot uchun, Kamavinga Ispaniya chempionati yangi mavsumidagi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 10 daqiqa harakat qildi. Futbolchining «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.
Transfermarkt portali fransiyalikning aktual transfer narxini 50 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi