Live
18
O'zbek

Buaddi "Man Siti" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Futbol
25 avgust, 02:40
Barcha hujjatlar klublar tomonidan imzolab bo'lingani aytilmoqda.
Buaddi "Man Siti" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
Foto: Fabrizio Romano (X)

Marokashlik futbolchi Ayub Buaddi "Manchester Siti" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Barcha hujjatlar klublar tomonidan imzolab bo'lingani aytilmoqda. "Lill" ushbu transferdan 95 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, yana 5 million yevro bonus tariqasida to'lanadi.

Tez orada futbolchining "shaharliklar" a'zosiga aylangani rasmiy e'lon qilinadi. Avvalroq "Manchester Siti" Rodri "Barselona"ga sotilganidan so'ng Buaddi transferini yakunlamoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar