Bugun
41
O'zbek

«Atletiko» yozda 7 nafar futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

Futbol
6 iyun, 06:56
Madrid klubi bir nechta pozitsiyalar uchun transferlar rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Atletiko» yozda 7 nafar futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Atletiko» yozgi transferlar oynasida tarkibini yetti nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, klub sport direktori Mateu Alemani chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, markaziy yarimhimoyachi, ikki nafar vinger, hujumchi va Antuan Grizmanning o‘rnini bosadigan futbolchini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Madridliklarning asosiy maqsadlaridan biri «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelyani chap qanotga olib kelish hisoblanadi. Shuningdek, «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silva Grizmanning vorisi sifatida ko‘rilmoqda.

Manbada aytilishicha, «Atletiko» o‘tgan mavsumni ijara asosida jamoada o‘tkazgan Nikolas Gonsalesning transfer huquqini ham «Yuventus»dan to‘liq sotib olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizmann yaqinda MLS vakili «Orlando» safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Diego Simeone boshqaruvidagi jamoa yangi mavsum oldidan tarkibni jiddiy ravishda yangilash ustida ishlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar