Bugun
8
O'zbek

"Chelsi" Nunesga qiziqish bildirmoqda

Futbol
8 iyun, 03:30
Darvinning "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Chelsi" Nunesga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

"Liverpul" sobiq hujumchisi Darvin Nunes Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Qayd etilishicha, forvard xizmatlariga Londinning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Ko'klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Nunesni Joao Pedro bilan raqobat uchun jamoaga olib kelishni istamoqda.

Ma'lumot o'rnida, Darvinning "Al Hilol" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Yakunlangan mavsum hujumchi Saudiya jamoasi safida 24 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi.

Avvalroq Nunesning "Liverpul"ga qaytishga qarshi emasligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar