Bugun
8
O'zbek

"Barsa" rahbariyati Olmoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
8 iyun, 04:00
Kataloniyaliklar bu yozda ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Barsa" rahbariyati Olmoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarimhimoyachisi Dani Olmoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda jurnalist Luis Rojo xabar berdi.

"Ko‘k-anorranglilar" bu yozda ispaniyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Bundan tashqari, klub rahbariyati yarimhimoyachi bilan yaxshilangan moliyaviy shartlar asosida yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Olmo kelasi mavsumda belgilangan miqdorda o‘yin o‘tkazgan taqdirda maoshi oshiriladi. Yakunlangan La Liga mavsumida 28 yoshli yarimhimoyachi "Barselona" safida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq Olmo jahon chempionatida o‘ynagan yulduzlar o‘rtasida tanlov qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar