"Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunes yaqin vaqt ichida klubini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Gabriel Sans xabar berdi.
Urugvaylik futbolchi Karim Benzema jamoaga kelganidan keyin asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Qayd etilishicha, 26 yoshli forvard "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishgan.
Darvin erkin agent sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, futbolchining yana "Liverpul"ga qaytishdan mamnun boʻlishi taʼkidlanmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, "Al Hilol" Nunesni mersisaydliklardan 53 million yevro evaziga xarid qilgandi. Avvalroq saudiyaliklar Benzema transferidan soʻng Darvin va yana bir legionerni chempionat uchun qaydnomadan chiqarib yuborgani maʼlum qilingan edi.