Live
4
O'zbek

"Al Hilol" Benzema transferidan so'ng Nunes va yana bir legionerni Saudiya ligasi uchun qaydnomadan chiqarib yubordi

Futbol
12 fevral, 14:40
Yozda 65 mln yevroga sotib olingan urugvaylik forvard endi faqat Elit OChLda o'ynay oladi.
"Al Hilol" Benzema transferidan so'ng Nunes va yana bir legionerni Saudiya ligasi uchun qaydnomadan chiqarib yubordi
Foto: Getty Images

"Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunes Karim Benzema transferidan so'ng Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynay olmaydi.

Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Ar Riyod klubi milliy chempionat uchun qaydnomadan yozda "Liverpul"dan 65 million yevro evaziga sotib olingan 26 yoshli urugvaylik forvardni va qishki transferlar oynasida kelgan 32 yoshli himoyachi Pablo Marini chiqarib yuborgan.

Shu tariqa Saudiya ligasida 16 o'yinda 6 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirgan Nunes ichki chempionatda ishtirok etolmaydi. U faqat Elit OChL o'yinlarida qatnashishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" fevral oyi boshida 38 yoshli Benzemani "Al Ittihod"dan o'z safiga qo'shib oldi. Frantsiyalik hujumchi yangi jamoasidagi debyut o'yinidayoq het-trik qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni klublariga 10 nafargacha legionerni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilgan, ammo ulardan faqat 8 nafari bir vaqtning o'zida maydonda bo'lishi mumkin.

Bugungi yangiliklar