Bugun
8
O'zbek

Kukurelya yozda klubini oʻzgartirish niyatida

Futbol
8 iyun, 02:40
Himoyachi uchun asosiy variant — «Barsa»ga qaytish.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kukurelya yozda klubini oʻzgartirish niyatida
Foto: Getty Images

«Chelsi» chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer oynasida klubini oʻzgartirish niyatida. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi allaqachon «koʻklar» rahbariyatini ketish istagi haqida xabardor qilgan. 27 yoshli oʻyinchi uchun asosiy variant — «Barselona»ga qaytish.

Londonliklar futbolchini sotishdan 40–50 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda. «Barselona» ham Kukurelyani oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqmoqda, ammo avval xabar qilinganidek, bu transfer faqat Alejandro Balde jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Ma'lumot oʻrnida, Mark faoliyatini aynan Kataloniya klubida boshlagan, ammo asosiy jamoaga kira olmagan. U «Chelsi» safida 2022 yildan buyon toʻp tepib kelmoqda.

Avvalroq Kukurelya «koʻk-anorranglilar»dan taklif boʻlsa, rad etish qiyin boʻlishini aytib oʻtgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar