Ispaniya milliy jamoasi va «Chelsi» klubi himoyachisi Mark Kukurelya Misrga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan vataniga qaytishi borasidagi savollarga javob berdi.
Ispanlar 31-mart kuni Afrika jamoasini «Espanyol»ning stadionida qabul qilishadi.
Bahs Kataloniyada o'tishi haqida
«Juda xursandman. Ko'pchilik mendan chipta so'radi. Biz ajoyib stadionda o'ynaymiz va u yerda fantastik muhit bo'ladi».
Ispaniyaga qaytish imkoni haqida
«Har doim qaytish haqida o'ylayman. Hozircha Londonda juda baxtliman, oilam ham shunday. Buni bir necha yilga qoldiraman…»
Agar «Barselona»dan qo'ng'iroq bo'lsa, nima qilishi haqida
«Rad etish qiyin bo'ladi. Bu faqat menga bog'liq emas. Oilam haqida ham o'ylashim kerak bo'ladi. Agar qo'ng'iroq qilishsa, keyin qanday qaror qabul qilishni ko'ramiz», — dedi «Barselona» tarbiyalanuvchisi matbuot anjumanida.