Bugun
12
O'zbek

Rasman: Peres — 2030 yilgacha «Real» prezidenti

Futbol
7 iyun, 19:15
79 yoshli funksioner saylovda g'olib chiqdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Rasman: Peres — 2030 yilgacha «Real» prezidenti
Foto: Getty Images

«Real» klubida muddatidan oldin o'tkazilgan prezidentlik saylovida ovozlarni sanash jarayoni yakunlandi.

Amaldagi prezident Florentino Peres o'z raqibi Enrike Rikelmeni ortda qoldirib, g'alaba qozondi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 79 yoshli funksioner saylovchilarning 65,95 foiz ovozini qo'lga kiritgan bo'lsa, Rikelmega 34,05 foiz saylovchi ovoz bergan.

Shu tariqa, Peres prezidenti sifatidagi vakolatini davom ettiradi va 2030 yilgacha klubni boshqaradi.

Ma'lumot uchun, Florentino 2009 yildan buyon «Real»ga rahbarlik qilib kelmoqda. U bundan avval 2000-2006 yillar oralig'ida ham klub prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar