Bugun
8
O'zbek

Aleksandr Zverev — «Rolan Garros» g'olibi

Tennis
7 iyun, 18:45
Germaniyalik tennischi faoliyatida ilk bor «katta dubulg'a» turnirida zafar quchdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Aleksandr Zverev — «Rolan Garros» g'olibi
Foto: Getty Images

Jahonning uchinchi raketkasi hisoblangan Aleksandr Zverev 2026 yilgi Fransiya Ochiq chempionati g'olibiga aylandi.

Germaniyalik tennischi finalda italiyalik Flavio Kobollini (reytingda 14-o'rin) 5 setda mag'lub etdi.

Bellashuv 4 soat 16 daqiqa davom etdi. Unda Zverev 6 marta eys qayd etdi, 9 bor ikkitalik xato qildi va 19 ta breyk-pointdan 8 tasini amalga oshirdi. Kobolli hisobida esa 6 ta eys, 2 ta ikki lik xato bo'ldi va u 8 ta breyk-pointning 3 tasidan unumli foydalandi.

Zverev uchun 2026 yilgi «Rolan Garros» chempionligi uning faoliyatida «Katta dubulg'a» turnirlaridagi ilk g'oliblik bo'ldi. Bunga qadar u uchta finalda mag'lubiyatga uchragandi.

Shuningdek, Zverev so'nggi 30 yil ichida erkaklar yakka lik bahsida «Katta dubulg'a» turnirini yuta olgan ilk nemis tennischisiga aylandi.

«Rolan Garros»
Parij, Fransiya
2026 yil 24 may – 7 iyun
«Katta dubulg'a» turniri
Mukofot jamg'armasi — 61 723 000 yevro
Ochiq grunt kortlari
Final
Aleksandr Zverev (Germaniya) — Flavio Kobolli (Italiya) 6:1, 4:6, 6:4, 6:7, 6:1.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq ayollar oʻrtasidagi bahslarda rossiyalik Mirra Andreyeva zafar quchgandi.

Bugungi yangiliklar