«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin Fransiya, Ispaniya va Argentinani Jahon chempionati favoritlari sifatida ko'rsatdi, keyin esa Angliya milliy jamoasining himoya chizig'i sababli ularga ishonchi to'liq emasligini qo'shimcha qildi.
«Fransiyada ajoyib tarkib bor. Ispaniya ham favoritlar qatorida bo'ladi. Agar Yevro-2024dagi kabi to'pni nazorat qilishni ko'rsata olishsa, bu borada ularga ishonaman.
Bu ro'yxatga Argentinani ham qo'shaman. Aniqki, Janubiy Amerika jamoalaridan biri doim da'vogarlardan bo'ladi.
Angliya? Ularning himoyasi meni xavotirga soladi», – deya Kinning so'zlarini keltiradi The Sun.
AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan JCH-2026 11 iyun kuni boshlanadi.
Roy Kin JCH-2026ning 3 ta favoritini aytdi
Futbol
7 iyun, 18:10
«MYU» sobiq yarimhimoyachisi Angliyaga ishonmayapti.
Foto: Getty Images