Bugun
12
O'zbek

«Bavariya» prezidenti: «Peres Olise borasida taklif yuboraman deb ovora bo‘lmasin»

Futbol
7 iyun, 20:05
«Futbolchilarni sotadigan klub emasmiz», — deydi Hayner.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Bavariya» prezidenti: «Peres Olise borasida taklif yuboraman deb ovora bo‘lmasin»
Foto: Getty Images

«Bavariya» prezidenti Herbert Hayner jamoa vingeri Maykl Olisega «Real» qiziqayotganiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Madrid klubi prezidenti lavozimiga nomzod Florentino Peres fransiyalik futbolchi uchun myunxenliklarga 150 million yevro miqdorida taklif yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Maykl Olise — «Bavariya» futbolchisi va uning klub bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Biz futbolchilarini sotishni maqsad qilgan klub emasmiz.

Agar Florentino Peres bizga taklif yubormoqchi bo‘lsa — hozircha bunday holat bo‘lgani yo‘q, — u bunga ovora bo‘lmasa ham bo‘ladi»
, — deya Haynerning so‘zlarini keltiradi Bayern Germany.

Olise
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar