Bugun
12
O'zbek

Dembele Mbappedan himoyalanishda ham ko‘proq mehnat qilishni so‘radi

Futbol
7 iyun, 19:00
«PSJ» hujumchisining e’tirozlari ham hazilomuz, ham jiddiy ohangda bo‘lgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Dembele Mbappedan himoyalanishda ham ko‘proq mehnat qilishni so‘radi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi vingeri Usmon Dembele sherigi Kilian Mbappedan himoyada ham faolroq harakat qilishni so‘ramoqda.

L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» futbolchisi «Real» forvardiga milliy jamoaning o‘yiniga moslashishini, himoyada ham ko‘proq mehnat qilishi kerakligini tushuntirgan. Ta’kidlanishicha, Dembelening e’tirozlari ham hazilomuz, ham jiddiy ohangda bo‘lgan.

Shuningdek, milliy jamoa yig‘ini paytida Mbappe va Dembele ko‘p vaqtni birga o‘tkazishi qayd etilgan. Kilian o‘z yaqinlariga ko‘p bor «PSJ» vingeri uning milliy jamoadagi muvaffaqiyatlariga o‘zidan ham ko‘proq ta’sir qilganini aytgan.

Shu bilan birga jamoadoshlari Dembelening kiyinish xonasidagi muhim o‘rnini e’tirof etishsa-da, Usmon na «PSJ», na Fransiya milliy jamoasida sardor bo‘lishga intilmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar