Bugun
12
O'zbek

Nevill: "Fransiya jahon chempionligini qo'lga kiritadi"

Futbol
7 iyun, 19:35
Angliyalik sobiq himoyachi inglizlarning imkoniyatlarini ham baholadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Nevill: "Fransiya jahon chempionligini qo'lga kiritadi"
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevillning fikricha, Fransiya 2026 yildagi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi.

"Menimcha, Fransiya g'alaba qozonadi. Nazdimda, ularda jismoniy ustunlik, kuchli ruhiyat va texnik mahoratni o'zida mujassam etgan futbolchilar bor. Ular to'pni nazorat qilib, o'yinni boshqara oladi. Shu bilan birga, tezkor hujum qilish va qarshi hujumlarda chaqqon harakatlanish qobiliyatiga ham ega. Menimcha, ular — eng moslashuvchan jamoa. Shuning uchun Fransiya ushbu turnirda g'olib chiqadi, deb hisoblayman.

Angliya haqida gap ketganda, har doim optimistman. Doimo "biz g'olib bo'la olamiz" deb aytadigan insonman. Bu jamoa, bu tarkib va bu futbolchilar Jahon hamda Yevropa chempionatlarida g'alabaga naqadar yaqin kela olishlarini bir necha bor namoyish qilishdi. Ammo bu safar mendan Angliya uchun juda qiyin bo'lishi mumkinligi hissi o'tmoqda"
, — deya Nevillning so'zlarini keltiradi The Sun.

Avvalroq Roy Kin ham mundial oldidan oʻz favoritlarini aytgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar