79 yoshli funksioner Florentino Peres "Real" prezidentligi uchun saylovida g‘alaba qozongach, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida bayonot berdi.
"Biz dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri, haqiqiy madridistni yana qarshi olishdan faxrlanamiz. Kutib oling, Joze Mourinyo…", — dedi Peres.
Peres saylovda ispaniyalik biznesmen Enrike Rikelmeni ortda qoldirdi va klubni 2030 yilgacha boshqarishda davom etadi. Funksioner ushbu lavozimni qatorasiga 8-marta egallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo avval ham "Real"da 2010-2013 yillar oralig‘ida ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan.