Sayt ijodkorlari Usmon Ibodov, Ikrom Ro'zimurodov va Kun.uz jurnalisti O'tkir Jalolxonov dastlabki sonda 34 yil kutilgan mundial, JCH-2026 uchun tarkib, Kanada bilan o'yindagi ojiz nuqtalar, Kannavaro oldidagi muammolar va Niderlandiyaga qarshi o'yin oldi tarkibni tahlil va taxmin qilishdi.
Shuningdek, darvoza chizig'ida Ne'matov va Yusupov o'rtasidagi raqobat, Husonov fenomeni, Sayfievning o'yini, markazdagi Hamrobekov – Shukurov tandemidagi muammolar, Fayzullaevdagi o'sish, O'runov va Masharipovning holati va Shomurodovning o'yini haqida fikrlar bildirildi. Azizbek Turğunboev va JCHga bora olmagan o'yinchilar haqida ham mulohaza yuritildi.
Bugungi van Deyk – Shomurodov to'qnashuvidan nimalar kutamiz? Niderlandiyaga qarshi asosiy tarkib qanday ko'rinish oladi. Marhamat podkastimizni tomosha qiling va layk bosib, o'z fikrlaringizni bildiring.