Live
3
O'zbek

Maxachev faoliyatida burilish yasagan jangni aytdi

MMA
8 iyun, 08:35
34 yoshli chempion UFC'da g'alabali seriyani davom ettirmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Maxachev faoliyatida burilish yasagan jangni aytdi
Foto: Getty Images

77 kg vazn toifasidagi UFC chempioni, rossiyalik 34 yoshli Islom Maxachev 2015 yil 3 oktyabr kuni Adriano Martinsga qarshi jangdagi mag'lubiyat uning professional faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatganini aytdi.

— Islom, qaysi jangdan keyin o'zingizga «men boshqa jangchiga aylandim» degansiz?

— Mag'lubiyatdan keyin. O'sha paytda yutqazganimdan so'ng uzoq vaqt o'zimga: «Nega bunday bo'ldi?» degan savolni berib yurdim. Bu og'ir davr edi. Qaytishimdan keyin turli gap-so'zlar ham boshlandi. O'zimga ko'p savollar berdim. Natijada jangchi sifatida o'sdim, — dedi Maxachev YouTube'dagi Red Corner MMA kanaliga bergan intervyusida.

Hozirgi vaqtda Maxachev UFC'da ketma-ket 16 ta g'alabali seriyaga ega. Uning hisobida jami 28 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Rossiyalik sportchi so'nggi jangini UFC 322 turnirida o'tkazdi va Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan bahsda avstraliyalik Jek Della Maddalena bilan yarim o'rta vazn toifasidagi UFC kamari uchun oktagonga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabaga erishdi.

Bugungi yangiliklar