Live
3
O'zbek

16 yildan so'ng «Real»ning ham futbol, ham basketbol jamoasi mavsumni sovrinsiz tugatdi

Futbol
8 iyun, 07:55
Bu mavsumda Madrid klubining basketbol jamoasi ham titulsiz qoldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
16 yildan so'ng «Real»ning ham futbol, ham basketbol jamoasi mavsumni sovrinsiz tugatdi
Foto: Getty Images

2025/2026 yilgi futbol va basketbol mavsumida «Real» birorta sovrin qo'lga kirita olmadi. Bu madridliklar uchun so'nggi 16 yil ichida ilk bor ham futbol, ham basketbolda titulsiz qolish holati bo'ldi.

Futbol jamoasi La Ligada 38 o'yinda 86 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egalladi. Chempionlikni 94 ochko bilan «Barselona» qo'lga kiritdi.

Chempionlar ligasida esa «Real» chorakfinalgacha yetib bordi va ushbu bosqichda «Bavariya»ga (4:6) ikki bellashuv natijasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.

Ispaniya kubogining 1/8 finalida madridliklar kutilmaganda «Albasete»ga 2:3 hisobida yutqazdi. Superkubok finalida esa «Barselona»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Real»ning basketbol jamoasi Evroligada to'rtlar finaligacha yetib bordi, ammo u yerda «Olimpiakos»ga 85:92 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mamlakat chempionati pley-offining chorakfinalida «Real» «Kanarias»ga 95:107 hisobida yutqazdi. Mamlakat kubogida esa «Baskoniya»ga 89:100 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bungacha «Real» 2009/10 yilgi mavsumni ham futbol, ham basketbolda sovrinsiz yakunlagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar