Florentino Peres "Real" prezidenti lavozimiga qayta saylanganidan keyin klub Chempionlar ligasini 16-marta yutishni maqsad qilganini aytdi.
Madrid klubi Yevropa klublarining asosiy turnirida eng ko'p g'alaba qozongan jamoa hisoblanadi, so'nggi marta esa 2024 yilda chempion bo'lgan.
"Men barcha eng nufuzli xalqaro reytinglarda yetakchi bo'lgan klubni qurishda davom etishni xohlayman. Va buning barchasi g'alabalarni davom ettirish uchun: oxirigacha kurashamiz va Chempionlar ligasida 16-chi titulimizni yutishga harakat qilamiz.
Shuningdek, biz qadriyatlarimiz kelajagimiz uchun asos bo'lib xizmat qilishi uchun ishlaymiz", – deya Peresning so'zlarini keltiradi Marca.
Peres: "Oxirigacha kurashamiz. "Real" YChLni 16-bor yutishga harakat qiladi"
Futbol
8 iyun, 09:40
Funktsioner prezidentlikka qayta saylanganidan keyin jamoaning maqsadlarini aytdi.
Foto: Getty Images