Nyu-York meri Zohran Mamdani jurnalist bilan o'yin o'ynab, jahon chempionati natijasini guruh bosqichidan boshlab taxmin qildi.
Mamdaniyning taxminiga ko'ra, 1/16 finalda Braziliya Yaponiyaga, Portugaliya esa Angliyaga yutqazadi. Shuningdek, u Kolumbiya 1/4 finalda Argentina ustidan g'alaba qozonishini, Angliya AQSh va Ispaniyani mag'lub etib yarimfinalga chiqishini, ammo Fransiyaga yutqazishini prognoz qildi.
Merning fikricha, Fransiya finalda Marokashga yutqazadi, Kolumbiya esa uchinchi o'rin uchun bahsda Angliyani mag'lub etadi.
Eslatib o'tamiz, AQSh, Meksika va Kanadada o'tkaziladigan Jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanadi.
Nyu-York meri JCH-2026 uchun prognoz qildi: finalda Marokash Fransiyani mag'lub etadi
Futbol
8 iyun, 07:40
Zohra Mamdani jurnalist bilan o'yin o'ynab, mundialni guruh bosqichidan boshlab taxmin qildi.
Foto: Getty Images