Shveytsariya milliy jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin Kaliforniya shtatidagi San-Diego shahrida o'tkazilayotgan yig'in doirasida jamoa uchun keng qamrovli mashg'ulot dasturini rejalashtirgan edi.
Futbolchilarga, jumladan, ochiq hududda yugurish va velosiped haydashni o'z ichiga olgan triatlon mashg'ulotlari ham belgilangandi. Biroq hududda ko'plab zaharli ilonlar borligi aniqlangach, bu rejalaridan voz kechishga to'g'ri keldi. Endi milliy jamoa mashg'ulotlarni ko'proq o'z bazasida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Shveytsariya milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Bosniya va Hertsegovina, Kanada hamda Qatar milliy jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.