Live
3
O'zbek

Modrich milliy jamoada o‘yinlar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi

Futbol
8 iyun, 06:20
Ulardan oldinda faqat Ronaldu bor.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Modrich milliy jamoada o‘yinlar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi
Foto: Getty Images

Luka Modrich Xorvatiya milliy jamoasi safida Sloveniya (2:1) qarshi o‘rtoqlik bahsida gol urdi.

40 yoshli yarimhimoyachi 51-daqiqada hisobni ochdi. Golli uzatmani Ivan Perishich amalga oshirdi.

Bu bahs Modrich uchun milliy jamoa safidagi 198-o‘yin bo‘ldi. Natijada Luka milliy jamoa uchun o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha argentinalik Lionel Messi bilan tenglashdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (227 ta o‘yin) ulardan oldinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
Bugungi yangiliklar