«Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yildagi Jahon chempionatida qaysi futbolchi ko'proq gol urishi borasida tanlov qildi.
Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion Argentina sanaladi.
— Yamal yoki Holand?
— Yamal.
— Yamal yoki Vinisius?
— Vinisius.
— Vinisius yoki Keyn?
— Vinisius.
— Vinisius yoki Messi?
— Messi.
— Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
— Krishtianu.
— Krishtianu yoki Mbappe?
— Men! — deya Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Yamal, Holand, Keyn, Messi yo Ronaldu? Mbappe JCH-2026da qaysi hujumchi ko'proq gol urishini aytdi
Futbol
8 iyun, 09:15
Fransiyalik hujumchi mundialda to'purarga aylanishi mumkin bo'lgan yulduzlar o'rtasida tanlov qildi.
Foto: Getty Images