Xorvatiyaning Makarska shahrida tennis bo‘yicha WTA125 tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘tkazildi.
Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Mariya Timofeyeva bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
22 yoshli tennischi final bahsida latviyalik Darya Semenistayani 6:2, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Chempionlikdan keyin ochkolarini 125 taga ko‘paytirib olgan Timofeyeva jahon tasnif jadvalida 27 pog‘ona yuqorilab, 91-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Tennis. Mariya Timofeyeva Xorvatiyadagi WTA125 turnirida g‘olib bo‘ldi
Tennis
8 iyun, 06:40
O‘zbekiston vakili g‘alaba evaziga reytingda 27 pog‘ona yuqoriladi.
Foto: Getty Images