Roy Kinning fikricha, Harri Keyn JCH—2026da Angliya milliy jamoasining hujum chizig'ida asosiy yetakchi bo'lishi kerak.
Avvalroq 32 yoshli forvard Yangi Zelandiyaga (1:0) qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik bahsida jamoasiga g'alaba keltirgandi.
"U pozitsiya tanlashda aql bilan yondashishi kerak. Hatto gol urilgan vaziyatda ham Yangi Zelandiya himoyasida ko'p futbolchi bor edi, lekin u shunchaki to'g'ri joyni topdi. Bu tajriba, lekin ular unga juda ko'p bo'shliq berishgani ajablanarli.
Bunday tajriba bilan u vaziyatni to'g'ri baholashi kerak. U markazgacha qaytib, pas berish bilan ovora bo'lishi shart emas — bu ishni qila oladigan yetarlicha yaxshi o'yinchilar bor. Harri oldinga chiqishi kerak, u — hozir dunyoda eng yaxshilardan biri.
Agar Angliya katta sovrin yutmoqchi bo'lsa, u hujumning asosiy figuralardan biri bo'lishi shart", — dedi "Manchester Yunayted" va Irlandiya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq Roy Kin boʻlajak mundial favoritlarini aytgandi.
Roy Kin: "Agar Angliya katta sovrin yutmoqchi bo'lsa, Keyn ortga qaytib pas berish bilan shug'ullanmasligi kerak"
Futbol
8 iyun, 08:15
"MYU" sobiq sardorining fikricha, markaziy hujumchi ortga qaytmasligi kerak.
Foto: Getty Images