Live
1
O'zbek

Shahboz Umarov "Bunyodkor"ni tark etdi

Futbol
12 iyun, 14:30
27 yoshli yarimhimoyachining Qozog‘iston chempionatiga qaytishi kutilmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Shahboz Umarov "Bunyodkor"ni tark etdi
Foto: UzPFL

Shahboz Umarov "Bunyodkor" bilan xayrlashdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli yarimhimoyachi "qaldirg‘ochlar" bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Uning Qozog‘iston chempionatiga qaytishi kutilmoqda.

Umarov bu mavsumda toshkentliklar safida 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol hamda assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yarimhimoyachi faoliyati davomida OKMK, Belarusning BATE, Qozog‘istonning "Ordabasi", "Tobol" va "Turan" jamoalarida harakat qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar