Kanada hukumati Tomas Partining mamlakatga kirishiga ruxsat bermaslikka qaror qildi.
Angliyada zo'rlash bilan ayblanayotgan 'Arsenal'ning sobiq yarimhimoyachisi Gana milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasi kiritilgan. Afrika jamoasi 18 iyun kuni Torontoda Panama bilan to'qnash keladi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, Partiga Kanadaga kirish rad etilgan. Xalqaro futbol federatsiyasi bu ma'lumotni tasdiqlab, quyidagilarni qayd etgan:
'FIFA qabul qiluvchi mamlakatlarning immigratsiya jarayonlarida ishtirok etmaydi, shu jumladan viza masalalarini ko'rib chiqmaydi. FIFA'ning oldingi tadbirlarida bo'lgani kabi kimga viza berilishi va kim mamlakatga kirishi bo'yicha yakuniy qaror qabul qiluvchi davlat hukumatiga bog'liq'.
Ma'lumot uchun, Parti 2025/2026 yilgi mavsumda 'Vilyarreal'da o'ynadi.
Kanada hukumati zo'rlashda ayblanayotgan Partining mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi
Futbol
12 iyun, 15:10
Shu sabab 'Arsenal' yarimhimoyachisi Gananing Torontodagi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Foto: Getty Images