Live
1
O'zbek

Reynders «Siti»ni tark etishi mumkin

Futbol
12 iyun, 14:00
Klub ham futbolchi transferi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Reynders «Siti»ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda italiyalik jurnalist Matteo Morretto xabar berdi.

«Manchester Siti» klubi niderlandiyalik yarimhimoyachisi Tidjani Reynders borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi jamoaning muhim figuralaridan biri hisoblanmaydi va yaxshi taklif tushgan taqdirda rahbariyat uni qo‘yib yuborishga ortiqcha qarshilik qilmaydi.

Ta’kidlanishicha, niderlandiyalik xavbek xizmatlariga Madridning «Atletiko» jamoasi qiziqish bildirgan. Reynders esa APLda qolishni ma’qul ko‘rmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi klub tarkibida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining aktual transfer narxini 50 million yevroga baxolamoqda.

Ma’lumot uchun, Reyndersning amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar