"Manchester Siti" "Nottinghem Forest" yarimhimoyachisi Elliot Andersonning transferi boʻyicha ikkinchi taklifni yubordi.
BBC xabariga koʻra, "o'rmonchilar" ushbu taklifni rad etgan. Taklif summasi 106 million funtni tashkil etdi, bonuslarni hisobga olgan holda esa 122 million funtgacha yetadi.
Agar kelishuv amalga oshsa, 23 yoshli yarimhimoyachi tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylanadi.
Anderson — "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi. U "Nottinghem Forest" safiga 2024 yilda 15 million funt evaziga kelib qo'shilgan.
O'tgan mavsumda Anderson APLda 38 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi.