Live
2
O'zbek

«Real» Diash va Nuneshga e'tibor qaratdi

Futbol
11 iyun, 10:47
Mourinyo ushbu portugaliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Real» Diash va Nuneshga e'tibor qaratdi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubida «Manchester Siti» himoyachilari Ruben Diash va Mateush Nuneshni sotib olish varianti muhokama qilinmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «qirollik klubi»ga tayinlanishga yaqin turgan murabbiy Jozes Mourinyo ushbu portugaliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.

O'z navbatida «shaharliklar» Diash va Nuneshni sotishni istamayotgani, biroq Pep Gvardiola bosh murabbiylik lavozimidan ketganidan so'ng ularning klubdagi kelajagi noaniq bo'lib qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, «Manchester Siti»ning ayrim futbolchilari uchun ispaniyalik mutaxassisning ketishi «katta zarba» bo'lgan, ammo Diash va Nunesh ularning qatoriga kirish-kirmasligi aniqlashtirilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar