Live
2
O'zbek

«Yuventus» APL grandlari qiziqayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
12 iyun, 10:55
Markaziy himoyachi Muharemovich Turinga qaytishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Yuventus» APL grandlari qiziqayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

«Sassuolo» markaziy himoyachisi Tarik Muharemovich Turinning «Yuventus» klubiga qaytishi mumkin.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Turin grandi 23 yoshli bosniyalikni jamoaga qaytarish istagida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili yozda «Sassuolo» futbolchini 2 million yevro evaziga sotib olgandi. Ta’kidlanishicha, «Yuventus» Muharemovichning transfer huquqining 50%ni o‘zida saqlab qolgan.

Avvalroq, markaziy himoyachi xizmatlariga Angliyaning «Bornmut» klubi 35 million yevro sarflashga tayyorligi xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchiga Londonning «Tottenhem» jamoasi ham qiziqib qolgan.

O‘tgan mavsum, A Seriyaning 32 o‘yinida maydonga tushgan Muharemovich 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sassuolo Sassuolo
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar