Live
2
O'zbek

Rim Papasi «Real»ning faxriy a’zosiga aylandi

Futbol
12 iyun, 10:13
Rim Papasi Lev XIV Madrid klubining faxriy a’zosi bo‘ldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rim Papasi «Real»ning faxriy a’zosiga aylandi
Foto: RIA

Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti orqali xabar berdi va shunday qilib pontifikga bo‘lgan hurmatini izhor etishini ta’kidladi.

«Real» bu orqali butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarni ifodalaydigan universal shaxsga bo‘lgan ehtiromini namoyish etadi», - deyiladi klub bayonotida.

Lev XIV avvalroq Madrid jamoasini yoqtirishini bildirgan va o‘zini «Real» muxlisi deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing o‘tgan mavsumida «Real» 86 ochko to‘plagan va ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlik unvonini 94 ochko bilan muddatidan oldin g‘alaba qozongan «Barselona»ga boy berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar