Live
2
O'zbek

Runi: «MYU» uni qo‘yib yuborganiga ishona olmagandim»

Futbol
12 iyun, 11:38
Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Maktomineyni yana «qizil iblislar» safida ko‘rishni istashi haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Runi: «MYU» uni qo‘yib yuborganiga ishona olmagandim»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi yarimhimoyachi Skott Maktomineyni yana ingliz klubi safida ko‘rishni istaydi.

«MYU» Maktomineyni qo‘yib yuborganiga ishona olmagandim. U qanchalik katta ishtiyoq bilan mehnat qilayotgani ko‘rinib turgandi-ku. Skott har bir o‘yinda maydonga tushishga tayyor edi. U chindan foydali futbolchi edi. Uni qaytarishlarini juda ham xohlardim», - deya sobiq forvard so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro nashri.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar shotlandiyalik futbolchisini «Napoli»ga 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborgandi.

O‘tgan mavsumda A Seriya doirasidagi 33 o‘yinda maydonga tushgan 29 yoshli Skott 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar