Live
2
O'zbek

«Manchester Yunayted» Sangarega qiziqish bildirmoqda

Futbol
11 iyun, 11:01
Maliyalik yarimhimoyachi yozgi transferlar oynasining kashfiyotlaridan biriga aylanishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Manchester Yunayted» Sangarega qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Lans» yarimhimoyachisi Mamadu Sangare faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sangare o‘tgan yozda Avstriyaning «Rapid» klubidan 8 million yevro evaziga «Lans» safiga qo‘shilgan edi. Ushbu transfer fransuz klubi uchun o‘zini to‘liq oqladi.

2025/26 yilgi mavsumda maliyalik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

U mavsum yakunida Fransiya chempionatining eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topildi va Mark-Vivyen Foe nomidagi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Sangarega Yevropaning o‘ndan ortiq klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq aynan «Manchester Yunayted» transfer bo‘yicha eng faol jamoa sifatida ko‘rilmoqda.

Kasemironing ketishidan so‘ng mankunianliklar yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Sangare asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, futbolchining «Lans» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, klub rahbariyati uni saqlab qolish qiyin bo‘lishini tushunmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha «Manchester Yunayted» tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan. Transfer summasi 40 million yevrodan oshishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar