"Sporting" himoyachisi Usmon Diomande faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda A BOLA xabar berdi.
"Manchester Yunayted" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Ivuarlik himoyachining shartnomasidagi tovon puli 80 million yevroni tashkil etadi.
Shu bilan birga, portugaliyaliklar uni kamida yana bir mavsum jamoada olib qolmoqchi. Qayd etish lozim, "qizil iblislar" hozircha Diomande transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Ma'lumot o'rnida, Usmonning klub bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Avvalroq "Manchester Yunayted"ning Gleyzerlar davridagi eng yomon transferlari reytingi tuzilgani ma'lum qilingandi.